Sayt test rejimida ishlamoqda
0
★ ★ ★ ★ ★
★ ★ ★ ★ ★
3 daqiqa
ariza qoldirish uchun yetarli
15
marotaba foydalanilgan
  • Bo'lim nomi

    Ta‘lim sifatini nazorat qilish

  • Aloqa ma'lumotlari

    +998 90 904 12 50

  • Kim foydalanishi mumkin

    Mehmon Talaba Xodim

  • Xizmat ko'rsatish muddati

    Avtomatik

  • Huquqiy asos

    Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida (05.05.2025 yil, PF-76) https://lex.uz/uz/docs/-7513052

Haqida

Ushbu xizmat orqali universitetning talabalari, professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrlari, abituriyentlar, ish beruvchilar hamda tashrif buyuruvchi mehmonlar ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z taklif va murojaatlarini yuborishlari mumkin. Murojaatchi haqidagi ma’lumotlar sir saqlanadi.

Murojaat turlari:

  • O‘quv mashg‘ulotlarining sifati;
  • Malakaviy amaliyotlarning tashkil etilishi va sifati;
  • Dual ta’lim tizimi samaradorligi;
  • HEMIS platformasidagi fan resurslari sifati;
  • Baholash jarayonlarining shaffofligi va xolisligi;
  • Professor-o‘qituvchilar tomonidan mustaqil ta’lim topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli qabul qilish masalalari.
  • Kutubxonada ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga oid asosiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati.

Kimlar murojaat qilishi mumkin?

  • Universitet talabalari;
  • Professor-o‘qituvchilar va xodimlar;
  • Doktorant va magistrlar;
  • Abituriyentlar;
  • Ish beruvchi tashkilot va muassasalar vakillari;
  • Tashrif buyuruvchi mehmonlar va talabalarning ota-onalari.

Qayerda va qanday tartibda?
Qarshi davlat universitetida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha taklif va murojaatlar elektron tarzda my.qarshidu.uz onlayn platformasi orqali qabul qilinadi.

Natija:
Taklif va murojaatlar batafsil o‘rganiladi va tegishli choralar ko‘riladi. Murojaatchi ma’lumotlari maxfiyligi saqlanadi.

Xizmat sharhlari

Hozircha sharhlar mavjud emas

QarDU AI

Online

Salom

Qanday yordam bera olaman?