Xodimlar bo'limi
+998 93 696 21 28
Mehmon Talaba Xodim
30 kun
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023‑yil 24‑maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora‑tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ‑162‑sonli Qaroriga va “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq tashkil etiladi.
Ushbu xizmat orqali Qarshi davlat universitetiga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi bo‘yicha arizalarni topshirish mumkin. Arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy ichida taqdim etilishi lozim.
Tanlovda qatnashish uchun arizaga kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa va oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar nusxasi ilova qilinadi. Agar mavjud bo‘lsa, ilmiy daraja, ilmiy unvon, ilmiy ishlar va ixtirolar hujjatlari ham taqdim etiladi.
Professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, PhD, Doctor of Science darajasiga ega bo‘lgan shaxslar qatnashishi mumkin. Maxsus yo‘nalishlar (tillar, sport, san’at) bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lmagan, biroq 5 yillik tajribaga ega shaxslar ham ishtirok etishi mumkin.
Professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori / Doctor of Science darajasiga ega bo‘lgan shaxslar qatnashishi mumkin. Shuningdek, 5 yillik ilmiy-pedagogik tajribaga ega bo‘lib, darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi bo‘lgan fan nomzodi yoki dotsentlar ham bir muddatga ishtirok etishi mumkin.
Dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, PhD, Doctor of Science darajasiga ega shaxslar qatnashishi mumkin. Shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha 3 yillik amaliy ish tajribasiga ega va darslik / qo‘llanma muallifi bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar ham qatnashishi mumkin.
Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin. Ilmiy daraja va unvonga ega shaxslar ham ishtirok etishi mumkin.
Tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin. Istisno tariqasida, san’at sohasida faxriy unvon va e’tirofga ega shaxslar ham qatnashishi mumkin.
Hozircha sharhlar mavjud emas
Savol berish uchun tizimga kiring.
Tizimga kirish