0
★ ★ ★ ★ ★
★ ★ ★ ★ ★
8 daqiqa
ariza qoldirish uchun yetarli
6
marotaba foydalanilgan
  • Bo'lim nomi

    Ilmiy bo‘lim

  • Aloqa ma'lumotlari

    +998 90 666 55 75

  • Kim foydalanishi mumkin

    Mehmon Xodim

  • Xizmat ko'rsatish muddati

    2 kun

  • Huquqiy asos

    Xizmat O‘zR «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida», «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunlari, mehnat kodeksi, universitet ustavi hamda ichki mehnat tartibi qoidalariga asoslanadi.

Haqida

Ushbu xizmat Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari hamda xodimlariga rasmiy @qarshidu.uz domenida korporativ elektron pochta hisob qaydnomasini ochish imkoniyatini beradi. Korporativ pochta rasmiy xizmat yozishmalari, xalqaro ilmiy platformalarda (Scopus, Web of Science va h.k.) ro‘yxatdan o‘tish hamda universitetning ichki axborot tizimlaridan foydalanish uchun bepul taqdim etiladi.

Asosiy shartlar va talablar:

  • Kimlar foydalanishi mumkin: universitet professor-o‘qituvchilari, boshqa xodimlari hamda tadqiqotchilar (doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchi, stajyor-tadqiqotchi).

  • Maqomni tasdiqlash:

    • O‘qituvchi va xodimlar uchun: maqom HEMIS axborot tizimidagi ma’lumotlar orqali avtomatik tekshiriladi.

    • Tadqiqotchilar uchun: belgilangan ilmiy yo‘nalish, kafedra/bo‘linma ma’lumotlari, doktoranturaga qabul qilish (biriktirish) to‘g‘risidagi buyruq nusxasi hamda taqdimnoma ilova qilinadi (ilmiy bo‘lim tomonidan tasdiqlanadi).

  • Amal qilish muddati:

    • O‘qituvchi va xodimlar uchun: mehnat munosabatlari davomida.

    • Tadqiqotchilar uchun: o‘qish/izlanuvchilik muddati yakuniga qadar (keyinchalik uzaytirish arizasi berish imkoniyati bilan).

Xizmat ko‘rsatish bosqichlari:

  1. Foydalanuvchi tizimda so‘ralgan ma’lumotlarni to‘ldiradi, foydalanish qoidalariga rozilik bildiradi va arizani yuboradi.

  2. Arizachi maqomi HEMIS orqali yoki ilmiy bo‘lim tomonidan tekshirilib tasdiqlanadi.

  3. Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi yangi hisob qaydnomasini yaratadi va arizachiga login (ism.familiya@qarshidu.uz) hamda boshlang‘ich parolni yo‘llaydi.

  4. Foydalanuvchi tizimga birinchi bor kirganda boshlang‘ich parolni majburiy ravishda o‘zgartiradi.

Xizmat sharhlari

Hozircha sharhlar mavjud emas

QarDU AI

Online

Salom

Qanday yordam bera olaman?