Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi
+998 90 314 54 45
Talaba Xodim
7 kun
Mazkur tizim O‘zbekiston Respublikasining “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi (O‘RQ-989), “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘RQ-637) hamda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi (O‘RQ-547) Qonunlari, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi me’yoriy hujjatlari asosida faoliyat yuritadi. Tizim orqali yuborilgan barcha murojaatlar, shaxsiy ma’lumotlar va konsultatsiya tafsilotlarining maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.
Ushbu xizmat orqali universitetning talabalari, professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrlari o’qish, ish yoki boshqa masalalarda yuzaga kelayotgan turli psixologik qiyinchiliklar bo’yicha psixologga murojaat qilishingiz mumkin. Psixologik maslahat — stress, xavotir, o‘qishdagi qiyinchiliklar, munosabatlar, nizolar, o‘ziga ishonch, kasbiy tanlov va boshqa shaxsiy masalalarda yordam olish imkoniyatidir. Siz yolg‘iz emassiz — murojaat qilishdan qo‘rqmang. Sizning murojaatingiz maxfiy saqlanadi. Shaxsiy ma’lumotlaringiz faqat psixologik xizmatni tashkil etish maqsadida foydalaniladi.
Murojaat turlari:
Kimlar murojaat qilishi mumkin?
Hozircha sharhlar mavjud emas
Savol berish uchun tizimga kiring.
Tizimga kirish